Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi doirasida tarbiyalanuvchilarning salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning jismoniy va intellektual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Yangi Namangan tumanidagi 73-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 150 nafar tarbiyalanuvchi uchun 10 dan ortiq to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, “Yozgi sog‘lomlashtirish” dasturi asosida sport musobaqalari, ijodiy mashg‘ulotlar, mantiqiy o‘yinlar hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
[gallery-30346]
Shuningdek, “Neptun kuni”, “She’rxonlik kechasi”, “Dengiz shohi mehmonda”, “Bobolar o‘giti”, “Rostgo‘ylik kuni” va “Sog‘lom kun tartibi” kabi loyihalar orqali o‘g‘il-qizlarning sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA