"Young Athletes" musobaqasi: Bolalar zavqi
Chirchiq shahrida nogironligi bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida "O‘zbekiston maxsus olimpiadasi" dasturi asosida "Young Athletes" musobaqasi tashkil etildi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning, xususan maktab o‘quvchilarining sport bilan muntazam shug‘ullanishini yo‘lga qo‘yish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Adaptiv jismoniy tarbiya va para sport kafedrasi o‘qituvchilari, talabalar maktab o‘quvchilariga yordam ko‘rsatdi.

Estafeta shaklida tashkil etilgan yugurish bahslarida adaptiv sport yo‘nalishidagi talaba-sportchilar nogironligi bor bolalarga yangi harakat mashqlarini o‘zlashtirishda ko‘maklashdi.

Murg‘ak qalblarga sport zavqi tortiq etilgan musobaqalar davomida o‘z iste’dodini namoyish etganlar e’tirof etildi.
Ro‘ziyev, O‘zA