Yoşlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi ilmiy asosda tahlil qilinmoqda
Şu kunlarda mamlakatimizdagi örta taʼlim va sport taʼlimi muassasalarida öquvçi-yoşlarning jismoniy va ruhiy tayyorgarlik darajasi ilmiy asosda tahlil qilinmoqda.
Böstonliq tumanidagi 1-son umumiy örta taʼlim maktabi, sport maktabi va Oksana Çusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslaştirilgan sport maktabida Özbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan öquvçi-yoşlarning tayyorgarlik darajasi kompleks örganilib, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borildi.
Tadqiqotlar davomida öquvçi-sportçilarning jismoniy, funksional va ruhiy tayyorgarlik körsatkiçlari laboratoriya vositalari yordamida diagnostika qilindi.

Olingan natijalar asosida ularning jismoniy rivojlanişi, funksional imkoniyatlari va umumiy tayyorgarlik darajasi qiyosiy tahlil etilişi nazarda tutilmoqda.
Bunday örganiş va tahlil işlari mamlakatimizdagi mavjud 208 ta tuman va şaharlardagi taʼlim muassasalari, sport maktablarida ötkazilişi rejalaştirilgan.
Xöş, bunday tahlillar nima beradi? Eng avvalo, mamlakatimiz yoşlarining jismoniy, ruhiy va funksional imkoniyatlari qay darajada ekanini, ularning qaysi sport turlariga moslaşiş va yutuqlarga erişiş darajasini körsatib berişi bilan ahamiyatli.
-Böstonliq tumani va Oksana Çusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslaştirilgan sport maktabida olib borilgan örganiş natijalariga köra, öquvçilarning individual rivojlaniş xususiyatlarini baholaş, jismoniy tayyorgarlik darajasidagi tafovutlarni aniqlaş hamda maşğulot yuklamalarini individuallaştiriş böyiça ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar işlab çiqilişiga asos bölmoqda. Eng asosiysi, uşbu saʼy-harakat umumiy örta taʼlim va sport taʼlimi muassasalarida jismoniy tarbiya hamda sport maşğulotlarini ilmiy asosda taşkil etiş, iqtidorli yoşlarni sportga yönaltiriş tizimini takomillaştiriş imkonini taqdim etadi, - deydi Özbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev.

Mazkur tadqiqot va ilmiy yondaşuv öquvçi-sportçilarning sport salohiyatini erta aniqlaş, rivojlaniş dinamikasini muntazam monitoring qiliş, maşğulot jarayonini takomillaştiriş hamda sport tayyorgarligi samaradorligini oşirişga qaratilgani bilan eʼtiborli.
T.Röziyev,
ÖzA