Moskvada Javohir Sindorov faoliyatiga bağişlangan kitob çop etildi
Rossiya şaxmat federatsiyasi kutubxonasi turkumidan "Özbekiston şaxmat fenomeni: Javohir Sindorov faoliyatining tört bosqiçi" kitobi naşr etildi.
Xalqaro şaxmat ustasi Andrey Obodçuk muallifligida çop etilgan 544 sahifadan iborat kitobda 2025-yilgi Jahon kubogi ğolibi va 2026-yilgi nomzodlar turniri çempioni Javohir Sindorovning şaxmatdagi uslubi, uning öziga xos jihatlari, yuksaliş evolyutsiyasining betakror jihatlari tahlil qilingan.
Taniqli murabbiy, jurnalist, yozuvçi va imkoniyati çeklangan şaxmatçilar örtasida köp karra jahon çempioni sanalgan Andrey Obodçuk özbek grossmeysterining yoş isteʼdoddan qisqa fursatda dunyoning eng yaxşi önlikka kirgan grossmeysteriga aylanişi, bunday muvaffaqiyat ikki yil içida sodir bölganini va bu möʼjizakor yutuq ekanini eʼtirof etadi.
Javohir Sindorovning 200 dan ortiq öyinlarining batafsil tahlili va u haqidagi möʼjaz fikrlar bilan töldirilgan kitob keng auditoriyaga möljallangan. Bundan taşqari, uşbu asar şaxmatçilar uçun qöllama vazifasini ötaşi bilan ahamiyatli.
Muallif şuningdek, yuqori darajadagi öyinçilar, murabbiylar va soniyalar örtasidagi hamkorlikning psixologik jihatlariga töxtalib ötganki, bu, Javohir Sindorov timsolida yangi davr şaxmatçilar avlodi yetişib kelayotganiga köpçilikning eʼtiborini qaratgan.
Asarning oxirgi qismida Sindorov va boşqa yetakçi özbek şaxmatçilarining öyinlariga asoslangan maşqlar keltirilgan bölib, şaxmat donalarining kombinatsion joylaşuvi kişini muşohadaga çorlaydi.
T.Röziyev,
ÖzA