Yoşlar yetakçilari mahallalarda samarali işlaşga örgatilmoqda
Bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarga oid davlat siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ularning muammolarini bevosita mahallalarning özida hal etiş tizimi tubdan isloh qilindi. Xususan, mahallalarda taşkil etilgan yoşlar yetakçilari instituti bu boradagi işlarni tizimli taşkil etişda asosiy böğinga aylandi.
Şu bois, Yoşlar işlari agentligi tomonidan «mahallabay» işlaş tizimini yanada rivojlantiriş va yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş maqsadida yangi tayinlangan yetakçilar uçun muntazam öquv maşğulotlari hamda respublika seminarlari taşkil etilmoqda.
Jumladan, Toşkent şahrida yangi tayinlangan yoşlar yetakçilari uçun navbatdagi öquv maşğulotlari bölib ötdi.
Maşğulotlarda yoşlar bilan samarali işlaş, zamonaviy boşqaruv yondaşuvlari, loyihalarni amaliyotga tatbiq etiş hamda jamoatçilik bilan muloqot qiliş böyiça bilim va könikmalar mustahkamlandi.

Yetakçilarga yoşlarga oid davlat siyosati sohasidagi yangi farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati atrofliça tuşuntirildi. Individual yondaşuv yuzasidan mahalladagi har bir yoş yigit-qiz bilan alohida, manzilli işlaş metodikasi örgatildi. “Mahallabay” tizimning raqamli asosi bölgan elektron platformalar, xususan, yangilangan tizimlar va raqamli bazalar bilan samarali işlaş könikmalari şakllantirildi.
Qayd etilganidek, öquvlarning asosiy maqsadi — yoşlar yetakçilarining kasbiy salohiyatini oşiriş va mahallalarda yoşlar bilan işlaş samaradorligini yanada kuçaytirişdan iborat böldi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA