Fuqaro lavozimiga tiklandi
Sirdaryo viloyati adliya boşqarmasining fuqaro manfaatida sudga kiritgan daʼvo arizasi qanoatlantirildi. Natijada Mirzaobod tumani yöllardan foydalaniş korxonasi davlat muassasasida işlagan D.N. avvalgi lavozimiga tiklandi hamda majburiy progul davri uçun iş haqini undiriş belgilandi.
Uşbu masala yuzasidan viloyat adliya boşqarmasiga fuqaro D.N.ning mehnat huquqlari buzilgani haqida murojaati kelib tuşgan.
Örganişlar davomida muassasa rahbarining 2026-yil 11-martdagi buyruği bilan xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinçi qismi 5-bandiga asosan bekor qilingani aniqlandi.
Davlat mehnat huquq inspektori tomonidan iş beruvçiga qonunbuzilişlarni bartaraf etiş, xodimni avvalgi lavozimiga tiklaş va majburiy progul davri uçun iş haqi tölaş yuzasidan yozma körsatma berilgan. Xovos tuman transport prokuraturasi ham mazkur holat böyiça tegişli çoralar körgan. Biroq iş beruvçi D.N.ni avval faoliyat yuritgan yöl bölimi yöl işçisi lavozimiga emas, balki pudrat bölimi yöl işçisi lavozimiga tiklagan. Şu tariqa, uning avvalgi işiga qaytarilişi böyiça qonuniy talab töliq bajarilmagan.
Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 569-moddasiga köra, xodimni avvalgi işiga tiklaş töğrisidagi qaror darhol ijro etilişi şart. Kodeksning 174-moddasida esa mehnat şartnomasi qonunga xilof ravişda bekor qilinganda xodimni avvalgi işiga tiklaş va yetkazilgan moddiy zararni qoplaş kafolatlari belgilangan.
Şundan söng adliya boşqarmasi fuqaro manfaatini himoya qiliş maqsadida Fuqarolik işlari böyiça Guliston tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Sud qarori bilan D.N. lavozimiga tiklandi va majburiy progul davri uçun iş haqini undiriş belgilandi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri