Yoshlar tafakkurida kiberxavfsizlik va huquqiy savodxonlikni yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari
Tuxtamurod Otamurodovich MAMATOV oʻqituvchi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Samarqand, Oʻzbekiston Ferdavs Abduvali oʻgʻli QAYUMOV mustaqil izlanuvchi Samarqand Davlat chet tillar instituti Samarqand, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida yoshlar tafakkurida kiberxavfsizlik madaniyati va huquqiy savodxonlikni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kiberxavfsizlik va huquqiy savodxonlikning o‘zaro bog‘liqligi, ularning fuqarolik mas’uliyati, huquqiy madaniyat hamda axborot xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: kiberxavfsizlik, huquqiy savodxonlik, yoshlar, raqamli jamiyat, huquqiy madaniyat, axborot xavfsizligi, kibermakon, ijtimoiy-falsafiy tahlil, raqamli transformatsiya, fuqarolik mas’uliyati.