Rahbar kadrlarda mansab suiiste’molining axloqiy-estetik muammolari
Inoyatxon Madimarovna ARZIMATOVA professor falsafa fanlari doktori (DSc) Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston arzimatova1969@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada rahbar kadrlar faoliyatida mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishning ijtimoiy-falsafiy hamda axloqiy-estetik jihatlari tahlil qilingan, mansab suiiste’molining rahbar shaxsining ma’naviy qadriyatlari, kasbiy etikasi va estetik madaniyati bilan bog‘liq omillari yoritilgan. Shuningdek, korrupsiya, nepotizm, lobbizm, mahalliychilik va manfaatlar to‘qnashuvining mazmun-mohiyati ochib berilgan hamda rahbar kadrlarning axloqiy-estetik madaniyatini yuksaltirish, davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali mazkur illatlarning oldini olishga doir ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ilgari surilgan.
Tayanch so‘zlar: mansab suiiste’moli, rahbar kadr, axloqiy-estetik madaniyat, korrupsiya, nepotizm, lobbizm, davlat xizmati, manfaatlar to‘qnashuvi, boshqaruv, ijtimoiy falsafa.