Yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyat targ‘ib etildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati kengashi tashabbusi bilan “Buxoro” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida “Tabiatni asrash yoshlikdan boshlanadi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbir avvalida partiya faollari oromgohdagi to‘garaklar faoliyati hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
[gallery-30578]
Davra suhbatida oromgohda dam olayotgan yoshlar, ekologiya sohasi mutaxassislari va partiya vakillari ishtirok etdi. Muloqot davomida ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarning bu boradagi taklif va tashabbuslari ham tinglandi.
Tadbir interaktiv o‘yinlar, ekologik viktorinalar va savol-javoblar bilan davom etdi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA