“Yoshlar kuni” munosabati bilan qabul tashkil etildi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida Yashnobod tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida probatsiya hisobida turgan yoshlar uchun qabul hamda xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova, Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari Marg‘uba Tursunova hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etgan muloqotda yoshlar uchun yaratilgan bugungi imkoniyatlar xususida so‘z bordi. Yoshlarga ularning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun kerakli tavsiyalar berildi. Ko‘zlangan natijani qo‘lga kiritishda astoydil harakat va bilim olish muhimligi qayd etildi.



Tadbir davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA