Yoshlar bilan gavjum mashg‘ulotlar
Nukus shahridagi 1-ko‘p tarmoqli bolalar va o‘smirlar sport maktabi ayni kunlarda ta’tilni mazmunli o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlar bilan yanada gavjum.
Nukus shahridagi 1-ko‘p tarmoqli bolalar va o‘smirlar sport maktabi ayni kunlarda ta’tilni mazmunli o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlar bilan yanada gavjum.Bu yerda sambo, kurash, taekvondo, turon yakka kurashi, futbol, dzyudo, suzish, stol tennisi kabi 12 turdagi to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Zamonaviy sport zallari, suzish havzalari yoshlar ixtiyorida. Maktabda mahorat oshirayotgan 860 nafardan ziyod sportchi yoshlar orasida turon yakka kurashi bilan shug‘ullanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ulardan Asadbek Rahimjonov, Nursulton Turg‘unboyev, Sanjarbek Ortiqboyev, Gulbonu Bo‘ronboyeva, Islombek Alpisboyev kabi mahoratli yoshlar mamlakat miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.