Yoshlar bandligini ta’minlash – e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi 2-kasb-hunar maktabida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov boshchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqot qildi.
[gallery-31429]
Uchrashuv davomida tikuvchilik, santexnika, axborot texnologiyalari kabi yo‘nalishlarda kasb o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning qiziqishlari, egallayotgan ko‘nikmalari va kelgusidagi rejalari tinglandi.
Yoshlarni zamonaviy kasblarga puxta o‘qitish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusida o‘z mehnati orqali munosib daromad topishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA