Yosh short-trekchilarimiz Osiyo ochiq chempionatida 2 ta medalga sazovor bo‘ldi
Hindistonning Dehradun shahrida short-trek bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir sovrinli o‘ringa ega chiqdi.
Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) taqvim rejasidan o‘rin egallagan mazkur chempionatning ilk kunida 14-15 yoshli o‘smirlar o‘rtasida 1000 metr masofada kumush medalni qo‘lga kiritgan Alisher Mahmudov so‘nggi kungi bahslarda yana sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi.
Chempionatning oxirgi kunida 777 metr masofaga mo‘ljallangan musobaqalarda 10 ta davlatning 28 nafar short-trekchilari bilan bahs olib borgan A.Mahmudov umumiy hisobda 42 ball jamg‘arib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 21-avgust kuni Osiyo ochiq chempionatida 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkentga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA