Yosh shaxmatchilar Buxoroda dona surdi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi me’moriy yodgorligida imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyat shahar va tumanlaridan 200 nafardan ziyod ishtirokchi dona surdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarda G‘ijduvon tumanidan Shahzod Narzullayev birinchi, Buxoro shahridan Hojiakbar Saidmurodov ikkinchi hamda Kogon tumanidan Asliddin G‘ulomov uchinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-18352]
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA