Yosh polvonlarimiz g‘alabasi
O‘zbekistonlik yosh polvonlar erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnirda beshta medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik yosh polvonlar erkin kurash bo‘yicha xalqaro turnirda beshta medalni qo‘lga kiritdi.Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida o‘tkazilgan musobaqaning vazni 120 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurash ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarida qatnashgan Hasanboy Rahimov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Iqtidorli polvonimiz hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Oleg Balayev ustidan g‘alaba qozondi.
Yana bir oltin medalga vazni 46 kilogrammgacha polvonlar bahsida qatnashgan Rustam Jo‘rayev sazovor bo‘ldi. G‘ulomjon Abdullayev kumush, Sherzod Shamsiddinov va Husanboy Rahimov bronza medalni qo‘lga kiritdi.