Yosh kartingchilar poygasi
Poytaxtimizda karting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizda karting bo‘yicha yoshlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun bahslashdi.
Qizg‘in o‘tgan poygalarda toshkentlik Jamol Mirsolihov, Sepik Akopyan, Boris Konyuxov, Toshkent viloyatidan Artur Korobkin, Vladimir Parxomenko va buxorolik Ruslan Yunusov shohsupaga ko‘tarildi.
Poyganing yakuniy natijalariga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.