Yosh ijodkorlar qo‘llab-quvvatlanadi
"O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori" bilan yosh ijodkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi.
Xususan, 2026–2027-yillarda tajriba-sinov tariqasida xalqaro nufuzli tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan Maktab va yozgi to‘garak o‘quvchilari (jamoalari) hamda ularni tayyorlagan o‘qituvchi (konsertmeyster) quyidagi miqdorda 1-martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
“Gran-pri” va 1-o‘rin sohibi 30 mln. so‘m, o‘qituvchi (konsertmeyster) 20 mln. so‘m miqdorida;
2-o‘rin sohibi 20 mln. so‘m, o‘qituvchi (konsertmeyster)
10 mln. so‘m miqdorida;
3-o‘rin sohibi 10 mln. so‘m, o‘qituvchi (konsertmeyster)
5 mln. so‘m miqdorida.
Shuningdek, umumxalq bayram dasturlari va yuqori darajadagi anjumanlarning badiiy qismida Maktab va yozgi to‘garakning iqtidorli o‘quvchilari hamda ijodiy jamoalarining ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratilib, qo‘llab-quvvatlanadi.
Maktabda a’lo baholarga o‘qiyotgan o‘quvchilarning 10 nafari Maktab badiiy-pedagogik kengashi qarori bilan Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktabi hamda maktab-internatlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha kvota asosida qabul qilish tartibi joriy etiladi.
O‘zA