Yosh bokschilarimiz Vengriyada tengsiz
Vengriyaning Eger shahrida yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda terma jamoamizning 7 nafar a’zosi oltin medal uchun ringga ko‘tarildi.
Unda Abdurahmon Mahmudjonov, Samandar Olimov, Abdulaziz Jo‘raqulov, Elbek Baxtiyorov va Ruslan Esanov barcha raqiblarini yengib oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Akbar Ahmadov va Rahmonjon Qodirov o‘z vaznida kumush medal sohibiga aylandi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin va 2 ta kumush, jami 7 medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida g‘olib bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA