Yevropada so‘nggi to‘rtta yo‘llanma kimga nasib etadi? Final juftliklari bilan tanishing
2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati pley-off (o‘tish) bosqichining barcha finalchilari aniqlandi.
JCh-2026 pley-off finali juftliklari:
Chexiya — Daniya;
Kosovo — Turkiya;
Bosniya va Gersegovina — Italiya;
Shvetsiya — Polsha.
Uchrashuvlar 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Jahon chempionati 11-iyunda start oladi va 19-iyulda yakunlanadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi va o‘yinlar uchta mamlakatda — AQSH, Kanada hamda Meksikada o‘tkaziladi.