Yevro – 2020: quvonch va armon ko‘z yoshlari
Bugun futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 1/8 final bosqichining so‘nggi juftlik bahslari bo‘lib o‘tadi. Kech soat 21.00 da o‘tadigan bahsda Angliya va Germaniya bir- biriga ro‘baro‘ kelsa, tungi futbol “spektakli”da(soat 00.00) Ukraina Shvetsiya bilan 1/8 eshiklarini yopishadi.
Aytish lozimki, o‘tgan uchrashuvlardagi shiddatli futbol to‘qnashuvlari millionlab ishqibozlarga cheksiz zavqu shavq bag‘ishlash bilan, quvonch va armon ko‘z yoshlariga ham sabab bo‘ldi. Uels, Avstriya, Portugaliya, Gollandiya, Xorvatiya va amaldagi jahon chempioni Fransiyaning “Yevro-2020”ning tomoshabinlar qatoridan joy olishi kimlar uchundir kutilgan va kutilmagan mujdalarni tuhfa etdi.
Nima bo‘lganda ham, ko‘hna qit’a futbolining katta hayajoni – final bosqichi tobora yaqinlashgani sayin uning atrofidagi g‘ala-g‘ovurlar avj pallaga chiqmoqda. Kuzatishda davom etamiz.
Bugun Toshkent vaqti bilan 21.00.da Londondagi "Uembli" stadionida Angliya – Germaniya, 00.00.da esa Shotlandiyaning Glazgo shahrida Shvetsiya – Ukraina uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA