Yengil atletikachilarimiz navbatdagi turnirda chempion bo‘lmoqchi
Xalqaro turnirning ilk kunida O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, qator yo‘nalishlarda final yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida start olgan yengil atletika bo‘yicha XXXV Qosanov memorial xalqaro turnirining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Hamyurtlarimiz saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tib, hal qiluvchi bosqich yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi.
Gusman Qosanov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqa World Athletics Continental Tour Bronze turkumiga kirib, unda 11 mamlakatdan 250 ga yaqin yengil atletikachi 27 ta yakkalik va 4 ta estafeta dasturi bo‘yicha bahs olib bormoqda. Shuningdek, ushbu musobaqa jahon reytingi uchun muhim ochkolar taqdim etishi bilan ham ahamiyatlidir.
Turnirning ilk kunida erkaklar o‘rtasidagi 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida Hasanbek Rustamjonov 54,02 soniya natija bilan o‘z saralash guruhida g‘olib chiqdi. Shu yo‘nalishda ishtirok etgan Sardor Umarov ham 54,61 soniya natija qayd etib, finalga chiqish vazifasini uddaladi.
Ayollar o‘rtasidagi 400 metrga yugurishda Jonbibi Hukmova 54,93 soniya natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Irina Levina 57,47 soniya, Surayyo Zaripova esa 58,27 soniya natija ko‘rsatdi. Shun taриқа, uchala sportchi ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasidagi 400 metrga yugurish bahsларида Аббосбек Toshtemirov 48,14 soniya, Sarvar Jontemirov esa 48,78 soniya natija bilan hal qiluvchi bosqichga chiqdi.
Qisqa masofaga yugurish bahslarida ham o‘zbekistonlik sportchilar ishonchli ishtirok etdi. Лайло Аллаберgaноva ayollar o‘rtasidagi 100 metrga yugurishda 11,76 soniya natija bilan o‘z guruhida birinchi bo‘ldi. Erkaklar bahsida эса Ғофуржон Sultonov 10,58 soniya natija bilan saralash bosqichini birinchi o‘rinda yakunlab, finalga yo‘l oldi.
Турнирнинг keyingi kunlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar medallar hamda jahon reytingi uchun муҳим очколар uchun kurashni davom ettiradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA