YeI Ukraina bo‘yicha yakdil bayonot qabul qildi
Yevropa Ittifoqi yetakchilari bir yildan ko‘p vaqt ichida ilk bor Ukraina bo‘yicha yakdil fikrga kelib, tegishli bayonot imzolashdi. Bu haqda “Politico” nashri xabar bergan.
– Munozara yakunlandi, YeI Ukraina kelishuvi natijasini tasdiqladi, – deyilgan hujjatda. – 2025-yil martidan buyon birinchi marta barcha 27 a’zo davlat taklifni ma’qulladi.
Hozirgacha YeI sammitlarida qabul qilingan yakuniy bayonotlarni Vengriya sobiq Bosh vaziri Viktor Orban rad etib kelgan. Rahbarlar esa “muqobil yo‘lni tanlashga majbur bo‘lib, faqat 26 mamlakat tomonidan ma’qullangan alohida matnni ilova qilishardi.
Bu gal barcha 27 yetakchi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi va ushbu davlatga yordam berishni davom ettirishga va’da berdi.
S.Rahimov, O‘zA