Gruziya Bosh vaziri Tojikistonda
Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
Qardosh yurtga ilk bor kelgan Gruziya hukumati rahbari tojikistonlik hamkasbi bilan cheklangan va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv o‘tkazdi. Muzokara davomida tomonlar turli sohada hamkorlikka oid 11 hujjat imzoladi. Ikki davlat rejasi – iqtisodiyot va savdo, transport va logistika, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va turizm yo‘nalishlarida sheriklikni yanada mustahkamlash.
Shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish to‘g‘risidagi bitim va Tojikiston va Gruziya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha protokol ham imzolandi.
S.Rahimov, O‘zA