YeCHL finalida “PSJ” - "Arsenal" o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Yarim final javob uchrashuvi Myunxenda “Bavariya” va “PSJ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 90+4-daqiqada Harri Keyn gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, “PSJ” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

Yevropa chempionlar ligasining final uchrashuvi 30-may kuni Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda “Arsenal” va “PSJ” klublari bosh sovrin uchun o‘zaro raqobatlashadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi chempioni “PSJ” hisoblanadi. Klub qatorasiga ikkinchi bor finalga chiqyapti.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA