Yashnobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot
Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni joylarda o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida hududlarda ochiq muloqotlar davom etmoqda.
Xususan, poytaxtimizdagi Yashnobod tumanida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
100 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari qatnashgan uchrashuvda Biznes-ombudsman devonining Toshkent shahar sho‘’basi mudiri F.Ahmedov, Yashnobod tumani hokimi B.Rahmonqulov, hududiy ishchi guruh a’zolari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Тадбиркорлар tomonidan asosan nodavlat ta’lim sohasiga oid dolzarb masalalar, biznes yuritish jarayonida uchrayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Qayd etilganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joylarda o‘rganish, ularni tezkor hal etish hamda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan ochiq muloqoti uchun dolzarb masalalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA