Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga mas’ul tashkilotlar faoliyati KPI tizimi asosida baholab boriladi
Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi O.Hakimov va Bosh prokuror o‘rinbosari J.Hotamov rahbarligida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar, hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi va iqtisodiy soha tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.
Mas’ullar yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikni qisqartirish yuzasidan ishlab chiqilgan namunaviy qo‘llanma hamda Buxoro viloyatida yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikni qisqartirish yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga oid taqdimot bilan tanishtirildi.

Hududlarda amalga oshirilayotgan tajribalar asosida ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, nazorat faoliyatini tubdan yaxshilash, amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi yuzasidan “kundalik so‘rov” tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini KPI tizimi asosida baholab borish borasida bir qator topshiriqlar berildi.
N.Abduraimova,
O‘zA