Yashillik bag‘ridagi hordiq
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Eko park kunning turli vaqtlarida aholi va shahar mehmonlari bilan gavjum. Yashil hududlar, soyali daraxtzorlar, favvoralar hamda zamonaviy infratuzilma parkka tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoit yaratmoqda.
Maskanda keng piyodalar va velosiped yo‘laklari, bolalar maydonchalari, sport hududlari hamda dam olish joylari tashkil etilgan. Bu yerga keluvchilar sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va oila davrasida mazmunli hordiq chiqarish imkoniga ega.
Eko parkda ekologik muhitni asrash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, bu yerda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va ekologik aksiyalar muntazam tashkil etiladi. Savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda fotozonalar tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratmoqda.
[gallery-30629]
Bugungi kunda Eko park Andijon shahri aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va shaharning yashil hududlarini kengaytirishga xizmat qilayotgan jamoat maskanlaridan biri hisoblanadi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA