Yaqin Şarq sari qadam: Iordaniya Özbekiston uçun yangi iqtisodiy darvozaga aylanmoqda
Ozarbayjonning "Trend" axborot agentligi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 23–24-noyabr kunlari Iordaniyaga davlat taşrifi munosabati bilan ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga bağişlangan maqola eʼlon qildi.
“Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga taşrifi Yaqin Şarq bilan iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştirişdan darak beradi” sarlavhali materialda qayd etilişiça, uşbu taşrif Özbekistonning mintaqadagi iqtisodiy va diplomatik iştirokini kuçaytirişga qaratilgan saʼy-harakatlarining navbatdagi bosqiçidir.
Naşr ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqot faollaşganini taʼkidlar ekan, bu jarayonning muhim bosqiçi sifatida 2025-yil avgust oyida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Özbekistonga davlat taşrifini eslatib ötadi. Öşanda tomonlar özaro munosabatlarni keng qamrovli şeriklik darajasiga olib çiqişga kelişib, savdo, investitsiya, sanoat va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş uçun mustahkam asos yaratgan edi.
“Trend” hozirgi taşrif kun tartibida ham iqtisodiy masalalar ustuvor örin tutayotganiga eʼtibor qaratgan. Oliy darajadagi muzokaralar va ikki mamlakat işbilarmon doiralari iştirokidagi biznes-forumda töqimaçilik, toğ-kon, kimyo, qişloq xöjaligi va farmatsevtika sohalaridagi şeriklikni rivojlantiriş masalalari körib çiqilişi rejalaştirilgan. Naşr fikriça, aynan şu yönalişlar özaro savdo va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolada keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2025-yilda Özbekiston va Iordaniya örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 8,5 million dollarga yetgan bölib, bu 2024-yilga nisbatan 79,2 foiz köpdir.
Naşr Özbekiston eksportini yanada kengaytiriş imkoniyatlariga töxtalib, oziq-ovqat, töqimaçilik mahsulotlari va quritilgan mevalarni istiqbolli yönalişlar qatorida sanaydi. Iordaniyadan esa farmatsevtika, kimyo mahsulotlari, maşina va uskunalar yetkazib beriş özaro savdoning muhim tarkibiy qismi sifatida körsatilgan. Bundan taşqari, Özbekistonda Iordaniya kapitali iştirokidagi 18 ta korxona faoliyat yuritayotgani qayd etilgan.
Axborot hamkorimiz ikki mamlakat örtasida tayyorlanayotgan preferensial savdo bitimi ham iqtisodiy aloqalarga qöşimça surʼat berişi mumkinligini taʼkidlaydi. Uşbu kelişuv bozorlarga kiriş imkoniyatini yengillaştiriş, tijorat aloqalarini faollaştiriş va tadbirkorlar uçun yanada barqaror şaroit yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda. Şu bilan birga, tomonlar qöşma işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, texnologiyalar transferi hamda transport-logistika aloqalarini mustahkamlaş masalalarini ham muhokama qilmoqda.
Maqolada farmatsevtika sanoati istiqbolli hamkorlik yönalişlaridan biri sifatida alohida ajratib körsatilgan. Iordaniyaning dori vositalari işlab çiqariş va ularni taşqi bozorlarga yetkazib beriş tajribasi Özbekistonda mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalarni özlaştiriş va import örnini bosuvçi mahsulotlar turini köpaytirişda qöl kelişi mumkin. Özbekiston esa Iordaniya kompaniyalariga töqimaçilik, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, kimyo va mineral resurslar sohalarida manfaatli hamkorlikni taklif etadi.
Naşr iqtisodiy şeriklikni rivojlantirişda transport-logistika aloqalarining örniga ham alohida eʼtibor qaratgan. 2026-yil iyul oyida Ammon va Toşkent örtasida muntazam töğridan-töğri aviaqatnov yölga qöyilgani, şuningdek, ikki mamlakat fuqarolari uçun vizasiz tartib joriy etilgani işbilarmonlik aloqalari, turizm va xalqlar örtasidagi muloqotni faollaştiriş uçun keng qulaylik yaratayotgani taʼkidlangan.
Maqola yakunida davlat taşrifining amaliy samarasi erişilgan siyosiy kelişuvlarning real iqtisodiy loyihalarga aylanişi, özaro savdo hajmining oşişi va xususiy sektor örtasidagi barqaror aloqalarga bevosita boğliq ekani qayd etiladi. Naşr fikriça, Özbekistonning Markaziy Osiyodagi yirik bozori va iqtisodiy imkoniyatlari Iordaniya işbilarmon doiralari uçun ham yangi hamkorlik maydoni bölib xizmat qilişi mumkin.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA