Bojxona tölovlarini keçiktirib va bölib tölaş muddati uzaytirilmoqda
Çet el avtotransport vositalarini Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş va olib çiqiş tartibi takomillaştirilib, ularning mamlakatimiz hududida böliş muddati 90 kundan 180 kungaça uzaytirilmoqda. Bojxona tölovlarini keçiktirib tölaş muddati esa 60 kundan 120 kunga oşirilmoqda.
Maʼlumotlarga köra, sönggi uç yilda çet el fuqarolari tomonidan olib kelingan 2 ming 312 avtotransport vositalari belgilangan muddatlarda olib çiqib ketilmagani uçun 328 milliard söm bojxona tölovlari undirilmay kelmoqda.
Endilikda taşqi savdo faoliyatini yanada erkinlaştiriş, tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, bojxona rasmiylaştiruvi jarayonlarini soddalaştiriş hamda sohada zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida muhokama qilingan “Bojxona maʼmuriyatçiligi va taşqi savdo tartibotlari yanada soddalaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi ayni maqsadlarga qaratilgan.
Qayd etilganidek, tadbirkorlarga bojxona tölovlarini tölaş imkoniyatini yanada yengillaştiriş maqsadida bojxona tölovlarini keçiktirib va bölib tölaş muddatini 60 kundan 120 kungaça uzaytiriş belgilanmoqda. Şuningdek, bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasiga tenglaştiriş, tadbirkorlik subʼektlari uçun boş taʼminot summalarini kamaytiriş mexanizmlari joriy etilmoqda.
Litsenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali qabul qiliş imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
[gallery-32690]
Muhokamalarda uşbu qonun loyihasi taşqi savdo operatsiyalarida ortiqça maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartiriş, tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillaştiriş, bojxona xizmatlari şaffofligi va tezkorligini oşirişga xizmat qilişi taʼkidlandi.
Majlisda qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.
Muhtarama Komilova,
Nosirjon Haydarov (surat), ÖzA