Yaponiya Braziliyani beşta gol urilgan öyinda mağlub etdi
Mezbonlar bahsning dastlabki 20 daqiqasidayoq ikki töplik ustunlikka erişdi.
Yaponiya milliy terma jamoasi xalqaro örtoqlik uçraşuvida Braziliya ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Mezbonlar bahsning dastlabki 20 daqiqasidayoq ikki töplik ustunlikka erişdi. Avvaliga 15-daqiqada Takefusa Kubo hisobni oçgan bölsa, oradan tört daqiqa ötib, Keyto Nakamura jamoasining ikkinçi golini kiritdi.
Braziliyaliklar birinçi bölimning özida javob qaytarişga muvaffaq böldi. 33-daqiqada Vinisius Junior raqib darvozasini işğol etib, hisobdagi farqni qisqartirdi.
Ikkinçi bölimda ham "Real" hujumçisi faol harakat qildi. 75-daqiqada Vinisius özining ikkinçi golini urib, hisobni tenglaştirdi — 2:2.
Şunga qaramay, Braziliya durangni saqlab qola olmadi. Uçraşuvga qöşib berilgan daqiqalarda Yaponiya yana bir bor raqib darvozasini işğol etib, ğalabani ilib ketdi.
Şu tariqa, yaponiyaliklar beşta gol urilgan uçraşuvda 3:2 hisobida zafar quçdi.