«Mançester Yunayted» «Komo» futbolçisi Nikolas Pasga qiziqmoqda
Transfermarkt uning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
«Mançester Yunayted» hujum çiziğini kuçaytiriş uçun «Komo»ning 22 yoşli argentinalik yarim himoyaçisi Nikolas Pasni nomzodlardan biri sifatida körib çiqmoqda. Hujumkor yarim himoyaçi «Komo» safida gol uriş bilan birga jamoadoshlari uçun ham vaziyat yaratmoqda.
Pas joriy mavsumda barça musobaqalarda 14 ta öyin ötkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi. Şu tariqa u 14 uçraşuvda jamoasining 14 ta goliga bevosita hissa qöşdi.
Futbolçining Italiya klubi bilan şartnomasi 2028-yilgaça amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.