Yangiobodlik qizlarning zafarli odimlari
FOTOREPORTAJ
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport maydonchasida darsdan tashqari vaqtlarda yoshlar uchun muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Sport ustasi, faxriy bokschi G‘ulom Suvonqulov rahbarligidagi mashg‘ulotlarda yoshlar sport mahoratini oshirmoqda.
— Maqsadimiz — yoshlarni sportga jalb etish bilan birga, ularda vatanparvarlik va g‘alabaga ishonch tuyg‘usini shakllantirish, - deydi G‘ulom Suvonqulov. — Shogirdlarimiz orasida Toshkent shahrida kichik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionati g‘olibi Malika Ulug‘bekova hamda Qozog‘istondagi xalqaro turnirda oltin medal qo‘lga kiritgan Shahrizoda Aliboyevaning borligi boshqa yoshlarga ham ibrat bo‘lmoqda.
[gallery-31252]
Yangiobodda yoshlarni sportga jalb etish borasidagi tizimli ishlar samara bermoqda. Tumandagi 7 ming 900 nafar yoshning 890 nafari sport seksiyalariga muntazam qatnashmoqda. Ularning 304 nafari qizlardir.
Muntazam mashg‘ulotlar natijasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining viloyat bosqichida tuman vakillari 19 ta sport turi bo‘yicha 21 ta medalni qo‘lga kiritdi. 4 nafar sportchi musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini oldi.
Tumanda sport bilan shug‘ullanish tobora ommaviy tus olmoqda. Ayni paytda 14 ming nafar aholi jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzi tadbirlariga jalb etilgan.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA