Yangi Toshkentda muhtasham Raqs saroyi barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Ashula va raqs ansambllarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1-sentabrdan boshlab ulardagi barcha xodimlarning ish haqi 2 karra oshiriladi.
Raqs ustalariga pensiya uchun talab etiladigan raqs staji 20 yildan 15 yilga qisqartirilib, qolgan 5 yilini baletmeyster, repetitor va pedagog sifatida davom ettirishiga ruxsat beriladi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda qurilishi boshlangan Maqom markazi yonida zamonaviy va muhtasham Raqs saroyini barpo etishni taklif qildi.
Mutasaddilarga raqs san’atini rivojlantirish bo‘yicha katta dastur ishlab chiqish topshirildi.
Kompozitor va bastakorlar faoliyatini moliyalashtirish, ularni moddiy rag‘batlantirish tizimi ham to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
Har yili ularga opera, simfoniya kabi mumtoz va zamonaviy janrlar bo‘yicha kamida 20 ta yangi asar yaratish uchun davlat buyurtmasi berib boriladi.
Aeroport, vokzal, metro, park, yirik savdo-servis ob’ektlari, kafe va restoranlarda milliy kuy va qo‘shiqlarimiz doim yangrab turishi kerakligi ta’kidlandi.
O‘zA