"Yangi O‘zbekiston iste’dodlari" ko‘rik -tanlovi
Yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida tashkil etilgan "Yangi O‘zbekiston iste’dodlari" ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari va O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi yakkaxon xonanda va sozandalari an’anaviy xonandalik yo‘nalishida o‘z iste’dodlarini namoyish etdi.

Hay’at a’zolari iste’dodli yoshlarning mahoratini baholab bordi. 3-o‘rinni Shahzodbek Rahimjonov, 2-o‘rinni Nazira Raimjonova, 1-o‘rinni esa Shahzoda Umarova qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘olibi "Yangi O‘zbekiston iste’dodlari" ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etadi.


G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri