Namanganda "Maʼrifat haftaligi"
Ayni kunlarda Namanganda “Özbekiston öz-özimizniki!” şiori ostida "Maʼrifat haftaligi" ötkazilmoqda. Unda olimlar, yozuvçilar va sanʼatkorlar mahalla ahli, talaba-yoşlar hamda mahalliy ijodkorlar bilan uçraşmoqda.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati taşabbusi bilan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan haftalik dasturidan “Mahalla bilan yuzma-yuz”, “Uyğoq idrok”, “Maʼrifat ulaşib”, “Yaxşilik karvoni”, “Isteʼdodlar davrasi”, “Ilm – kelajak kaliti”, “Kitob – köprik”, “Gulxan atrofida” kabi loyihalar örin olgan.
Şuningdek, yangi tahriridagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng tarğib etiş, yoşlar örtasida vatanparvarlik, kitobxonlik va axborot madaniyatini yuksaltiriş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaşga qaratilgan uçraşuvlar ham ötkazilmoqda.

«Mahallada maʼrifat» yönalişida Çust tumanidagi Yangi Özbekiston massivining Gulzor mahallasida «Mahalla bilan yuzma-yuz» uçraşuvi taşkil etildi. Muloqotda aholini öylantirayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar muhokama qilindi. Odamlarning taklif va murojaatlari tinglandi. Viloyatda öz örniga ega bölgan yirik sanoat korxonalaridan biri – “Chust textile” masʼuliyati çeklangan jamiyatida “Oila – muqaddas dargoh” loyihasi doirasida ötkazilgan suhbatda farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar va yoş oilalarda nizolarning oldini oliş haqida fikr-mulohazalar yuritildi.
Kosonsoy tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktabda “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida tadbir bölib ötdi. Unda “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, Toşkent davlat yuridik universiteti dotsenti, huquqşunos olima Feruza Lutfullayeva qatnaşib, öquvçilar bilan oçiq va samimiy muloqot olib bordi. Suhbat davomida Boş qomusimizning jamiyat va davlat hayotidagi örni, unda mustahkamlangan inson huquq va erkinliklari, yoşlarning taʼlim oliş, öz qobiliyatlarini röyobga çiqariş hamda jamiyat taraqqiyotida faol iştirok etiş imkoniyatlari haqida atrofliça söz yuritildi.

Şuningdek, Asosiy qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarni biliş, qonunlarga hurmat bilan munosabatda böliş hamda fuqarolik masʼuliyatini his etişning ahamiyati haqida söz bordi. Tadbir davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassisdan batafsil javoblar oldi. Bu esa ertamiz egalarining huquqiy bilimlarini mustahkamlaş, Konstitutsiya normalarining kundalik hayotdagi ahamiyatini çuqurroq anglaşiga xizmat qildi.

Zero, Konstitutsiyani biliş öz huquqlarini anglaş, burç va majburiyatlarni teran his etiş, qonun ustuvorligini qadrlaş demakdir. Bunday uçraşuvlar yoş avlodni huquqiy savodxon, faol va masʼuliyatli fuqaro etib tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Haftalik iştirokçilari “Ziyorat odobi” loyihasi doirasida Kosonsoy tumanidagi Sayyid Jaloliddin Kosoniy ziyoratgohida bölişdi.
Taşrif davomida ziyoratgoh tarixi, uning maʼnaviy ahamiyati, bu maskanda abadiy qönim topgan uluğ zotlar hayoti va ilmiy-maʼrifiy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi. Iştirokçilar ajdodlar xotirasini eʼzozlaş, ziyorat maskanlarida odob-axloq qoidalariga rioya qiliş, tarixiy qadamjolarga hurmat bilan munosabatda böliş borasida fikr almaşdi.

– Sayyid Jaloliddin Kosoniy nomi bilan boğliq uşbu ziyoratgoh Kosonsoyning qadimiy tarixi va boy maʼnaviy merosini özida mujassam etgan muqaddas maskanlardan biridir. Tarixiy manbalarda Mahdumi Aʼzam Kosoniyning otasi Sayyid Jaloliddin Kosoniy ham ilmli, eʼtiborli va hurmatga sazovor zotlardan bölgani qayd etiladi, – deydi “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati masʼul xodimi Dilobar Mamatova. – Uşbu ziyoratgoh hududida tarixan maqbara va masjid majmuasi şakllangan bölib, u Kosonsoyning diniy-maʼrifiy hayotida muhim örin tutgan.
Buyuk allomaning hayoti va faoliyati Kosonsoy zaminining ilm-maʼrifat tarixidagi yuksak örnini namoyon etadi.

Binobarin, “Ziyorat odobi” loyihasidan maqsad yoşlar va keng jamoatçilik orasida ziyorat madaniyatini yuksaltiriş, tarixiy qadamjolarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, odob va maʼnaviyat tamoyillarini mustahkamlaş, şuningdek, yurtimizning boy tarixiy-maʼnaviy merosini keng tarğib etişdir.
Umuman olganda, “Maʼrifat haftaligi”ning hududlarda keng qamrovda taşkil etilişi aholi, ayniqsa, yoşlar bilan bevosita muloqot qiliş, ularning bilim va dunyoqaraşini boyitiş, ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda jamiyatda maʼrifat va ezgulik muhitini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Oqilxon Dadaboyev,
ÖzA muxbiri