Yangi Özbekiston ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va ilğor kaşfiyotlar mamlakatiga aylandi
Bugungi globallaşuv va şiddatli texnologik özgarişlar davrida har qanday davlatning raqobatbardoşligi hamda barqaror taraqqiyoti, eng avvalo, ilm-fan yutuqlari va innovatsion salohiyat bilan belgilanadi.
Tabiiy resurslarga tayangan iqtisodiyotdan bilim va texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotga ötiş zamonaviy dunyoning boş tendensiyasiga aylandi. Buyuk allomalar yurti bölgan Özbekiston ham ilm-fan va innovatsiyalarni davlat siyosatining eng ustuvor yönalişi sifatida belgilab oldi. Sönggi yillarda mamlakatimizda ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tubdan isloh qiliş, yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş va ilğor ğoyalarni amaliyotga joriy etiş borasida salmoqli qadamlar taşlandi.
Örta Osiyo zamini qadimdan jahon sivilizatsiyasi va ilm-fani beşiklaridan biri bölib kelgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farğoniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek kabi buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kaşfiyotlar başariyat taraqqiyotiga ulkan hissa qöşgan. Bundan taşqari, Abu Hafs Kabir Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin al-Marğinoniy kabi allomalarimizning islom ilmlarining turli sohalari rivojiga qöşgan beqiyos xizmatlari ölkamizni islom ilm-fani va madaniyatining yirik markazlaridan biriga aylantirdi.
Özbekiston tarixiy taraqqiyotining 2017-yildan boşlangan – Yangi Özbekiston deb nom olgan yangi bosqiçida mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotidagi keng kölamli islohotlar qatorida taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ham tub, inqilobiy özgarişlar davri boşlandi.
Yangi Özbekistonda taʼlim, ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş uçun mustahkam normativ-huquqiy baza yaratildi. Jumladan, 2017–2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida ham, 2022–2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham taʼlim va fan sohasini rivojlantirişga, xususan, nodavlat oliy taʼlim va innovatsion taraqqiyotga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan taşqari, uşbu davrda sohaga oid maxsus hujjatlar – Özbekiston Respublikasini 2019–2021-yillarda hamda 2022–2026-yillarda innovatsion rivojlantiriş strategiyalari, Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi, «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasi va Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi tasdiqlandi. Şuningdek, 2019-yilda «Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»gi, 2020-yilda esa «Innovatsion faoliyat töğrisida» va «Taʼlim töğrisida»gi qonunlar qabul qilindi.
Mazkur hujjatlar sohadagi munosabatlarni xalqaro standartlar asosida tartibga soliş imkonini berdi. Xususan, Özbekiston Respublikasini 2022–2026-yillarda innovatsion rivojlantiriş strategiyasi doirasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning innovatsion faolligini oşiriş böyiça aniq maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Strategiya ijrosi natijasida Özbekiston Global innovatsiya indeksidagi öz mavqeini sezilarli darajada yaxşilab, mintaqadagi eng tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi. Davlat byudjetidan ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalaştiriş hajmi bir neça barobar oşirilib, ilmiy loyihalarni grant asosida qöllab-quvvatlaşning şaffof va raqamlaşgan tizimi yölga qöyildi.
Innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat körsatuvçi alohida vazirlik hamda idoralarning taşkil topişi ham Yangi Özbekiston davriga töğri keladi.
Amalga oşirilgan islohotlar natijasida bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi oliy öquv yurtlari soni 205 taga yetdi. Ulardan 73 tasi nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari, 32 tasi esa xorijiy universitetlar, ularning filiallari hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda taşkil etilgan qöşma oliy öquv yurtlaridir.
Bu yönalişda Özbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzurida 2018-yilda taşkil etilgan Ilğor texnologiyalar markazi hamda 2022-yilda faoliyat boşlagan Innovatsion rivojlaniş agentligi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda Innovatsion rivojlaniş agentligi huzurida 13 ta texnopark, jumladan, 12 ta yoşlar texnoparki va 1 ta innovatsion texnopark faoliyat körsatmoqda.
Hozirgi kunda Özbekiston ilm-fan sohasi 100 dan ortiq akademik va tarmoq ilmiy muassasasini, jumladan, 65 ta ilmiy-tadqiqot instituti, 31 ta ilmiy-tadqiqot markazi (şu jumladan, 14 ta ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy markaz) hamda 8 ta boşqa ilmiy taşkilotni öz içiga oladi. Bundan taşqari, 205 ta oliy taʼlim muassasasida ham ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda fan va tadqiqotlar yönalişida faoliyat yurituvçi eng yirik taşkilot Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Akademiya tuzilmasi fizika-matematika va texnika fanlari, kimyo va biologiya fanlari hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar böyiça 3 ta ilmiy bölimdan iborat. Şuningdek, akademiya tizimida 3 ta hududiy tuzilma – Qoraqalpoğiston va Navoiy bölimlari hamda Xorazm Maʼmun akademiyasi faoliyat olib boradi. Fanlar akademiyasi tarkibida 33 ta ilmiy muassasa mavjud bölib, ulardan 26 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 4 tasi ilmiy markaz va 3 tasi davlat muzeyidir. Bundan taşqari, mamlakatimizning bir qator vazirlik, idora va yirik kompaniyalari tizimida ham sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari hamda markazlari faoliyat körsatmoqda.
Yangi Özbekistonni innovatsiyalar markaziga aylantiriş yölida zamonaviy infratuzilma şakllantirilmoqda. Mamlakatimizning barça hududlarida texnoparklar, innovatsion markazlar, «Yoşlar texnoparklari» va IT-parklar faoliyati yölga qöyildi. Bu maskanlar yoş ixtiroçilar, dasturçilar va startap loyiha mualliflari uçun öziga xos ijodiy laboratoriya vazifasini ötamoqda.
Axborot texnologiyalari va raqamlaştiriş sohasida erişilayotgan natijalar alohida eʼtiborga loyiq. «Raqamli Özbekiston – 2030» strategiyasi doirasida ilm-fan va innovatsiya sohasidagi xizmatlarni töliq raqamlaştiriş, loyihalarni körib çiqiş muddatlarini keskin qisqartiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda, katta maʼlumotlar (Big Data) va bulutli texnologiyalar faol joriy etilmoqda. Umuman, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalarini keng joriy etiş Yangi Özbekistonning texnologik qiyofasini belgilab berayotgan eng muhim omillardan biriga aylandi. Özbekistonlik yoş mutaxassislar, xususan, IT Park Uzbekistan rezidentlari tomonidan yaratilayotgan dasturiy mahsulotlar nafaqat içki, balki jahon bozorida ham öz örnini topib, IT-xizmatlar eksporti yildan-yilga rekord natijalarni qayd etmoqda.
Özbekistonda sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş davlat siyosati darajasida belgilangan bölib, bu yönalişda bir qator strategik hujjatlar, davlat dasturlari va amaliy loyihalar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi qarori bilan Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi hamda uni 2024–2026-yillarda amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasi qabul qilindi. Mazkur strategiyada 2030-yilga qadar sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQŞ dollariga yetkaziş, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida sunʼiy intellekt asosida körsatiladigan xizmatlar uluşini 10 foizga oşiriş, sohadagi ilmiy laboratoriyalar sonini köpaytirib, yuqori quvvatli hisoblaş serverlarini işga tuşiriş hamda Özbekistonning Sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida dunyoning ilğor 50 ta davlati qatoriga kirişini taʼminlaş közda tutilgan.
Prezidentimizning 2025-yil 22-oktabrdagi «Sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni bu boradagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqdi. Hujjat bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida qiymati 100 million AQŞ dollaridan ortiq bölgan sunʼiy intellekt infratuzilmasi loyihalari investorlari uçun imtiyoz va preferensiyalar maxsus paketi hamda uşbu yönalişda malakali kadrlar tayyorlaş va yoşlar qiziqişini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Şuningdek, «Özbek tili korpusi» loyihasini amalga oşiriş uçun Raqamli texnologiyalar vazirligiga özbek tilidagi materiallarni taqdim etuvçi davlat organlari va taşkilotlari, qolaversa, sunʼiy intellekt laboratoriyalari taşkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari röyxati belgilab berildi.
2025-yilda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2025–2026-yillarda vazirlik va idoralar tomonidan sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş böyiça ustuvor loyihalar röyxati tasdiqlandi. U Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi taşkilotlarning 64 ta hamda boşqa vazirlik va idoralarning 22 ta loyihasini öz içiga oladi. Soğliqni saqlaş sohasida tibbiy körik jarayonini avtomatik ravişda bayonlaştiriş va mammografiya tadqiqotlari asosida kökrak bezi saratonini erta aniqlaş, transport va infratuzilma tizimida temir yöl hamda avtomobil yöllari holatini monitoring qiliş va vokzallarda fuqarolarni identifikatsiyalaş uçun «UzFace» tizimini işga tuşiriş, taʼlim sohasida esa universitetlarda sunʼiy intellekt laboratoriyalarini taşkil etiş hamda sunʼiy intellekt asoslari böyiça maktab dasturlarini işlab çiqiş loyihalari şular jumlasidandir.
Davlatimiz rahbarining rasmiy veb-saytida 2026-yil may oyida eʼlon qilingan maʼlumotlarga köra, mamlakatimizda sunʼiy intellekt yönalişida 100 ga yaqin amaliy loyiha va 200 dan ortiq tajriba-sinov taşabbusi boşlangan. Bunday loyihalar samaradorligini taʼminlaş maqsadida 24 million dollarlik GPU-klasterga ega infratuzilma işga tuşirilgan. Şuningdek, keyingi bosqiçda – 2027–2031-yillarda tarmoqlarda sunʼiy intellektni joriy qiliş böyiça umumiy qiymati 200 million dollarlik loyihani amalga oşiriş hamda maktablarda startap zonalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilinmoqda.
Şu bilan birga, mamlakatimizda farmatsevtika xavfsizligini taʼminlaş va mahalliy xomaşyo asosida innovatsion dori vositalarini yaratiş, qişloq xöjaligida şörlaniş va qurğoqçilikka çidamli ösimlik navlarini yetiştiriş hamda suvni tejovçi va «aqlli» texnologiyalarni qöllaş borasida keng kölamli işlar olib borilmoqda. Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş, jumladan, quyoş va şamol elektr stansiyalarini barpo etiş, vodorod energetikasini rivojlantiriş, ekologik toza texnologiyalarni işlab çiqariş hamda Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantiriş yölida xalqaro miqyosdagi loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Muxtasar aytganda, Yangi Özbekistonda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantiriş şunçaki alohida soha islohoti emas, balki mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyot falsafasiga aylandi. Inson kapitaliga yönaltirilayotgan investitsiyalar, yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş uçun yaratilayotgan şaroitlar hamda fan va işlab çiqarişning mustahkam integratsiyasi Özbekistonni nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo miqyosida ilğor kaşfiyotlar va innovatsion texnologiyalar markaziga aylantiriş uçun işonçli zamin yaratmoqda.
Komiljon Rahimov,
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Şarqşunoslik instituti direktori,
tarix fanlari doktori, professor.
ÖzA