Maktab partasida uyğonayotgan orzular yurt ertasini belgilaydi
Bir paytlar ota-onalar bolasini yaxşiroq öqitiş uçun repetitor izlab çopardi. Oddiy maktabdan esa hujjat olsa bas, degan öy bölardi. Bugun bu qaraş özgargan.
Mamlakatimizda taʼlimni davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylantiriş, öqituvçi obrösini kötariş va zamonaviy bilim eşiklarini oçiş yölida boşlangan islohotlar maktablarimiz hayotida böy körsata boşladi.
Toşkent şahri Mirobod tumanidagi 154-maktabda ana şu özgarişlarning bir namunasini körasiz. Ikki yil oldin kapital taʼmirdan çiqarilgan dargoh bugun zamonaviy jihozlangan, yoruğ va şinam.
Ammo maktab direktori Nasiba Mirsaatovaning aytişiça, devorlar yangilangani bilan iş bitmaydi. Asosiy gap şu şaroit içida bolaga qanday bilim va yönaliş berişda. Şu bois bu yerda bitiruvçilarni kasbga tayyorlaşga astoydil kirişilgan. Turli soha vakillari bilan uçraşuvlar, oliy öquv yurtlariga sayohatlar orqali yoşlar öz qiziqişini erta anglab, kelajagi uçun aniq maqsad qöymoqda.
Taʼlimdagi davlat dasturlari bu maktabda amalda samara beryapti. «Kelajak uçun xorijiy til» loyihasi asosida yuqori sinflarda ingliz tilidan qöşimça maşğulotlar yölga qöyilgan. Xorijlik pedagoglar esa mahalliy ustozlar bilan yonma-yon işlamoqda.
Eng muhimi, bitiruvçilar orasida milliy va xalqaro til sertifikati imtihonlarini yuqori ballga topşirayotganlar köp. Uşbu öquv yilidan esa ixtisoslaştirilgan sinflar oçilib, aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili, ona tili va adabiyot çuqurlaştirib öqitila boşlandi. Darsdan söng bolalar IT, dasturlaş va robototexnika maşğulotlarida bilimlarini çarxlaydi.
Albatta, har qanday şaroitga jon kiritadigan asosiy kuç öqituvçi sanaladi. Maktab jamoasida oliy va birinçi toifali, milliy hamda xalqaro sertifikatli ustozlar jamlangan. Ular bir-biridan tajriba örganib, yelkadoş işlaydi.
– Öqituvçilikning mehnati oğir, ammo rohati hamma kasbnikidan boşqaça, – deydi geografiya fani öqituvçisi Dildora Qaytarova. – Köp yildan beri maktabdaman, lekin hozirgidek imkoniyatlarni avval körmaganman. Bolada intiliş bölsa bas, olimpiadayu tanlovlarga yöl oçiq. Ötgan yili bitiruvçi sinfim bilan yil böyi ter tökdik. Aksariyat öquvçilarim til va fan sertifikatlarini olib, yuqori ball bilan talaba böldi. Ustozga bundan ortiq mukofot kerakmi?!

Öşa mehnatning jonli mevalaridan biri Nigina Rustamova sanaladi. U Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining Xorijiy til va adabiyoti yönalişiga davlat granti asosida öqişga kirdi.
– Grantga kirganimni eşitganda, eng avvalo, maktabim va ustozlarim köz oldimga keldi, – deydi Nigina. – Ingliz tiliga qiziqişimni maktabdagi qöşimça darslar yanada kuçaytirdi. Ustozlarimiz vaqtini ayamay biz bilan şuğullandi, eng asosiysi, «sen eplaysan» deb özimizga işonç berdi. Bugungi yutuğimning yarmidan köpi ularning mehnatidir.

Erişilgan natija jamoani xotirjam qilgani yöq. Maktabning endigi marrasi yanada baland. Bitiruvçilarning asosiy qismini oliy taʼlimga olib kiriş. Buning uçun har bir öquvçi bilan alohida işlaş, eng muhimi, kasbga sidqidildan yondaşiş zarur.
– Mamlakatimizda taʼlim tizimiga katta eʼtibor qaratilmoqda, – deydi direktor Nasiba Mirsaatova. – Bu eʼtibor va imkoniyatlardan samarali foydalanişimiz kerak. Öqituvçi sinfga vijdon bilan kirsa, natija albatta böladi. Jamoamizning oddiy qoidasi bor. Hamkasblar orasida soğlom raqobat va samimiyatni saqlaşga, öquvçini öz farzandimizdek körişga harakat qilamiz. Şu qadriyat bizni birlaştirib, yangi natijalarga olib çiqyapti. Zero, maktab partasida halol, masʼuliyatli va Vataniga sadoqatli inson ulğayadi. Bilim tarbiya bilan uyğunlaşgandagina elga naf keltiradi.
Davlat yaratayotgan imkoniyat ustozning vijdoni va bolaning iştiyoqi bilan tutaşgan joyda mana şunday natija böladi. Közi yonib turgan yuzlab öquvçilar buning hayotiy isboti.
Doston Umarov, ÖzA muxbiri