Yangi metro yönalişlari taşkil etiladi: qaysi hududlar qamrab olinadi?
“Toşkent metropoliteni” aksiyadorlik jamiyati 2027–2035-yillarga möljallangan transformatsiya va rivojlaniş strategiyasini işlab çiqdi. Unga köra, poytaxt metrosi tarmoğini qariyb ikki barobar kengaytiriş, yangi poyezdlar xarid qiliş, yölovçi taşiş hajmini oşiriş, zamonaviy boşqaruv tizimini joriy etiş hamda 2030-yilga qadar moliyaviy mustaqillikka erişiş közda tutilgan.
Bu haqda poytaxtda “Toşkent metropoliteni” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taşkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, harakat tarkibini yangilaş borasida ham salmoqli işlar bajarildi. Ekspluatatsiyadagi metro poyezdlari soni ikki barobarga oşib, 36 tadan 70 taga yetkazildi. Bu harakat intervallarini qisqartiriş va yölovçilarga qulaylik yaratiş imkonini berdi. Eng muhimi, bir sutkalik yölovçilar oqimi 290 ming nafardan 1,2 million nafarga yetdi. Yillik yölovçi taşiş hajmi esa 295 million nafarni taşkil etdi.
Mutaxassislarga köra, yangi strategiyaning asosiy maqsadi metropoliten xizmatlariga bölgan talabni qondiriş va yölovçi taşiş imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirişdan iborat bölib, 2035-yilgaça yölovçilar oqimi 2,5 million nafarga oşiriladi.

Rejaga asosan, 2035-yilga qadar bir sutkalik yölovçilar oqimi 2,5 million nafarga, yillik yölovçi taşiş hajmi 675 million nafarga, metro tarmoğining umumiy uzunligi 140 kilometrga yetkaziladi. Hozirda metropoliten tarmoğining umumiy uzunligi 71 kilometrni taşkil etadi. Demak, istiqbolda uni qariyb ikki barobar kengaytiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2023–2026-yillarda xarid qilingan tört vagonli 40 ta metro poyezdi modernizatsiya qilinadi. Ularning har biriga bittadan qöşimça vagon qöşiş uçun yana 40 ta vagon xarid qilinadi. Natijada mazkur poyezdlar beş vagonli tarkibga keltiriladi. Uşbu çora-tadbirlar umumiy harakat tarkibi soni va poyezdlar harakati intervalini özgartirmagan holda yölovçi taşiş imkoniyatini 20 foizga oşirişga xizmat qiladi.
Metro tarmoğini kengaytiriş strategiyaning ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Bu borada poytaxtning aholi ziç joylaşgan hududlari, yangi turar joy massivlari va transport infratuzilmasiga ehtiyoj yuqori bölgan manzillarni qamrab oliş közda tutilgan.
Asosiy loyihalarga köra, Yunusobod yönalişi — “Ming Örik” bekatidan Janubiy temir yöl vokzali va Ippodromgaça 12 kilometrga uzaytiriladi. Şuningdek, yangi metro yönalişi — TTZ mavzesidan Qöyliq mavzesigaça 18,7 kilometr uzunlikda yangi liniya qurilişi rejalaştirilgan. Özbekiston yönalişi — “Beruniy” bekatidan yangi “Yunusobod” elektr deposigaça 16,3 kilometrga uzaytiriladi. Bundan taşqari, Halqa yer usti metro yönalişini yanada rivojlantiriş, Yangihayot, Çirçiq va Nurafşon yönalişlarida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş ham rejaga kiritilgan. Mazkur loyihalar amalga oşirilişi natijasida poytaxt va unga tutaş hududlarda jamoat transportidan foydalaniş imkoniyatlari kengayişi kutilmoqda.
Strategiyada jamiyatning moliyaviy barqarorligini taʼminlaş va boşqaruv tizimini transformatsiya qilişga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, “Toşkent metropoliteni” AJni 2026–2027-yillarga möljallangan xususiylaştiriş dasturiga kiritiş taklif etilmoqda. Bu jarayon doirasida jamiyat aksiyalarining bir qismini xodimlar va xususiy investorlarga sotiş orqali qöşimça kapital jalb qiliş imkoniyati yaratilişi közda tutilgan. Xususiylaştirişdan tuşadigan mablağlar metro infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, uning keyingi rivojlanişini taʼminlaş va yölovçilarga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşirişga yönaltirilişi rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, transformatsiya strategiyasida ekologik barqarorlik va energiya samaradorligi masalalari ham muhim örin egallaydi. Şu maqsadda metropolitenning elektr depolari hududlarida quyoş elektr stansiyalarini barpo etiş rejalaştirilgan. Xususan, “Çilonzor” elektr deposi hududida quvvati 4 MVt bölgan quyoş elektr stansiyasi örnatiladi. Uning yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 7,2 million kVt·soatni taşkil etişi kutilmoqda. Loyiha elektr energiyasi xarajatlarini kamaytiriş bilan birga, yiliga 15 milliard sömgaça qöşimça daromad oliş imkonini berişi rejalaştirilgan. “Özbekiston” elektr deposi hududida esa quvvati 5 MVt bölgan quyoş elektr stansiyasi quriladi. Uning yillik elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 7,9 million kVt·soatni taşkil etadi.
Uşbu stansiyalarda işlab çiqariladigan elektr energiyasi metropolitenning içki ehtiyojlarini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, ortiqça energiyaning bir qismini şahar elektr tarmoğiga uzatiş orqali qöşimça daromad oliş va energetika tizimini qöllab-quvvatlaş közda tutilgan. Loyihalar doirasida işlab çiqariladigan elektr energiyasidan 416 ta xonadonni taʼminlaş imkoniyatiga ega hajmda foydalaniş ham nazarda tutilgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA