Texnikumlarda katta özgarişlar: yuklama 76 foizga kamaydi, mukofotlar köpaydi
Kasbiy taʼlim tizimida pedagoglarning mehnatini qadrlaş, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş va moddiy manfaatdorligini oşirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Endi texnikum öqituvçilari uçun nafaqat iş şaroitlari yaxşilanmoqda, balki yuqori natijalarga erişiş, xalqaro tajriba orttiriş va munosib daromad oliş imkoniyatlari ham kengaymoqda.
OAV uçun kontent tayyorlaş markazida Kasbiy taʼlim agentligi Axborot xizmati rahbari Sadoqat Samandarova tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, avval pedagoglar bajarişi lozim bölgan 54 ta vazifa 13 tagaça kamaytirilib, yuklama 76 foizga qisqartirildi. Bunda pedagogning bevosita kasbiy faoliyati va tajribasini oşirişga xizmat qiladigan vazifalar saqlab qolindi. Ayni paytda pedagogik yuklamalarni raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida öqituvçilar uçun yanada qulay tizim yaratiş böyiça maxsus guruh iş olib bormoqda.
Şuningdek, xalqaro taʼlim dasturlarini öqitişga jalb etilgan, faoliyatida yuqori natijalarga erişgan pedagoglar, işlab çiqariş taʼlimi ustalari, texnikum direktorlari va tegişli bölim xodimlariga tarif stavkasining 200 foizigaça miqdorda rağbatlantiriş belgilandi. Ilğor kasbiy mahorat texnikumlarida faoliyat yuritayotgan öqituvçilarga 250 foizgaça ustama oliş imkoniyati yaratildi. Xorijiy va umumtaʼlim fanlari böyiça milliy yoki xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatga ega pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida ustama tölanadi.
Mutaxassisning sözlariga köra, xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlar soni bir yil içida 104 taga yetkazildi.
Boşqaruv samaradorligini oşiriş maqsadida menejerlik sertifikatiga ega texnikum rahbarlari uçun ham oylik ustamalar joriy etildi. Texnikum direktorlariga — 50 foiz, direktor örinbosarlariga — 30 foiz miqdorida ustama tölanadi. Bu orqali rahbarlarning boşqaruv kompetensiyalarini rivojlantiriş va taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş közda tutilgan.
2026–2027 öquv yilida 50 ta texnikumda, 2027–2028 öquv yilidan esa barça texnikumlarda har 20 nafar öquvçiga bitta işlab çiqariş taʼlimi ustasi töğri keladigan normativ joriy etiladi. Mazkur texnikumlarda işlab çiqariş taʼlimi ustalarining oylik iş haqini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 15 baravarigaça belgilaşga ruxsat beriladi. Yana bir muhim özgariş — işlab çiqariş taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari umumiy örta taʼlim taşkilotlaridagi birinçi malaka toifali öqituvçilarning bazaviy tarif stavkalariga tenglaştirildi.
Pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş va soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida tanlov hamda xalqaro musobaqalar ğoliblari uçun ham moliyaviy rağbatlantiriş çoralari belgilandi.
Texnikumlarda xorijiy tillarni öqitiş sifatini oşiriş va pedagoglarni xalqaro sertifikat olişga rağbatlantiriş maqsadida yangi tartib joriy etildi. Unga köra, har öquv yilida texnikumlarning xorijiy til öqituvçilari orasidan kamida B darajaga yoki unga tenglaştirilgan xalqaro sertifikatga ega bitiruvçilar soni eng köp bölgan 50 nafar öqituvçiga Migratsiya agentligi jamğarmasi hisobidan 50 million sömdan subsidiya tölanadi.
Umumtaʼlim maktablari öqituvçilari örtasida ötkazilgan yangi formatdagi «Yil öqituvçisi» tanlovining 208 nafar tuman va şahar ğolibiga ilk bor 616 million söm miqdorida mukofot berilgan edi. Endilikda Prezident taşabbusi bilan kelgusi yildan boşlab tanlovni 14 ta hududdagi texnikum ustalari örtasida ham ötkaziş rejalaştirilmoqda. Bu kasbiy taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustozlarning salohiyatini namoyon etiş va ularni munosib taqdirlaş uçun yangi imkoniyat yaratadi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA