Yakkakurash sporti va ta’lim
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida yakkakurash sport turlarining ta’lim jarayoni bilan integratsiyasini rivojlantirish mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanda soha mutaxassislari tomonidan mavzuga doir dolzarb muammolar muhokama qilindi. Qiziqarli ma’ruzalarda yakkakurash sport turlarini rivojlantirish va zamonaviy ta’lim bilan uyg‘unlashtirish borasida innovatsion yechimlar taklif qilindi.
[gallery-20502]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA