XX Osiyo o‘yinlari bugundan rasman start oladi
Bugun, 19-sentabr kuni Nagoya shahrida XX Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da «Paloma Mizuho» stadionida boshlanadigan marosim bilan qit’aning yirik sport musobaqasiga rasman start beriladi.
Osiyo Olimpiya kengashi shafeligida o‘tkazilayotgan musobaqada 45 davlatdan 11 ming nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda. 16 kun davom etadigan Osiyo o‘yinlarida sportning 43 turi va 71 yo‘nalishi bo‘yicha 469 ta dastur doirasida 1 ming 407 ta medal jamlanmasi uchun bahslar o‘tkaziladi.
Musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi ham sportning qator turlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA