XX asrning 60-yillarida Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari faoliyatining rivojlanishi
Dilarom Bekniyazovna YeRNIYAZOVA doktorant Nukus davlat pedagogika instituti Nukus, O‘zbekiston erniyazovadilaram@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada XX asrning 60-yillarida Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari faoliyatining rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish masalalariga qaratilgan. Arxiv materiallari asosida kasaba uyushmalarining iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, markazlashgan siyosat sharoitida ularning faoliyatiga baho berilgan.
Tayanch so‘zlar: kasaba uyushmalari, Qoraqalpog‘iston, XX asr, mehnatkashlar, ijtimoiy himoya.