XIX asrning ikkinchi yarmida qoraqalpoq xalqining siyosiy va madaniy tarixi
Guljahan TASPOLATOVA tayanch doktorant Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq gumanitar fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Nukus,O‘zbekiston taspolatovaguljahan77@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan tashkil etilgan Amudaryo ekspeditsiyasi ma’lumotlari asosida qoraqalpoq xalqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti tadqiq qilingan. Tadqiqotda H. Wood, Riza-Kuli-Mirza va N. Karazin kabi ekspeditsiya ishtirokchilarining memuarlari, ilmiy hisobotlari va kartografik chizmalari birlamchi manba sifatida tahlilga tortilgan. Matnda hududning geografik joylashuvi, an’anaviy xo‘jalik yuritish usullari, xususan, dehqonchilik, chorvachilik va o‘ziga xos transport vositalari (sal) haqida qimmatli ma’lumotlar tizimlashtirilgan. Shuningdek, ekspeditsiya a’zolarining qoraqalpoq moddiy madaniyati va ta’lim tizimiga oid kuzatuvlari tarixiy kontekstda yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: Amudaryo ekspeditsiyasi, qoraqalpoqlar, XIX asr, H. Wood, Chimboy, etnografiya, manbashunoslik, an’anaviy xo‘jalik, kartografiya, ijtimoiy hayot.