Xotin-qizlarni zöravonlikdan himoya qiliş dolzarb vazifa
Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylangan. Ayniqsa, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularni ijtimoiy hayotga moslaştiriş va kelgusida takroriy zöravonlik holatlarining oldini oliş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlar ijtimoiy himoya tizimini takomillaştiriş, masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, jabrlangan şaxslarga manzilli yordam körsatiş hamda ularning huquqiy himoyasini taʼminlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Biroq qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning hayotdagi samarasi, eng avvalo, ularning ijrosi qay darajada taʼminlanayotgani bilan belgilanadi. Ayni paytda Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyaning Navoiy viloyati boşqarmasi tomonidan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning farzandlariga körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, reabilitatsiyadan keyingi holatni monitoring qiliş va takroriy zöravonlikning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar muntazam örganilmoqda.
Karmana tumanida olib borilgan örganiş jarayonida tuman şifoxonasida joylaşgan birlamçi kömak xonasida tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar tahlil qilindi. Natijada mazkur xonaning Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi “Tazyiq va zöravonlikka uçragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni körsatiş tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan minimal talablar asosida töliq jihozlanmagani maʼlum böldi. Jumladan, jabrlangan xotin-qizlar va ularning farzandlari uçun zarur bölgan atir sovun, şampun, tiş pastasi va çötkasi, hojatxona qoğozi, şaxsiy gigiyena vositalari, bolalar uçun tagliklar hamda soçiqlar töplami kabi zarur vositalar bilan taʼminlaş işlari talab darajasida taşkil etilmagan. Şuningdek, xonaga kiriş qismida kuzatuv kamerasi örnatilmagani, sanitariya-gigiyena talablariga töliq rioya etilmagani, televizor nosoz holatda ekani va bolalar uçun möljallangan öyinçoqlar töplami mavjud emasligi aniqlandi.
Aslida, birlamçi kömak xonasi şunçaki vaqtinçalik joy emas, balki hayotida oğir vaziyatga duç kelgan ayol va uning farzandlari uçun xavfsizlik, xotirjamlik hamda psixologik tiklaniş maskani bölişi lozim. Şu bois bu yerdagi şaroitlarni belgilangan talablar asosida taşkil etiş masʼul taşkilotlarning bevosita vazifasidir.
Örganiş davomida tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar hamda ularning farzandlarini reabilitatsiyadan keyin qöllab-quvvatlaş va ularning xavfsizligini taʼminlaş böyiça monitoring işlari talab darajasida taşkil etilmagani maʼlum böldi.

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan talablarga muvofiq, jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining reabilitatsiyadan keyingi holati olti oy davomida ijtimoiy xodimlar, profilaktika inspektorlari va boşqa masʼullar tomonidan joyiga çiqqan holda monitoring qilinişi lozim. Bunda nafaqat jabrlangan şaxsning ijtimoiy ahvolini örganiş, balki unga nisbatan takroriy zöravonlik sodir etilişining oldini oliş, zöravonlikka sabab bölgan omillarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga qaratilgan aniq çora-tadbirlarni işlab çiqiş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, örganiş natijalari mazkur yönalişda masʼullar örtasidagi hamkorlik va nazorat mexanizmlari yetarli darajada işlamayotganini körsatdi. Buning oqibatida 2026-yilda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan tazyiq hamda zöravonlik bilan boğliq 12 ta holat sodir etilgan. Şuningdek, bir holatda uyiga begona şaxslar bostirib kirib, ayolni urib, döpposlagan bölsa-da, unga hozirgi kunga qadar himoya orderi rasmiylaştirib berilmagani maʼlum böldi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan Karmana tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari hamda tegişli taşkilotlar rahbar va masʼullari iştirokida tuşuntiriş işlari olib borildi. Masʼullarga belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş, birlamçi kömak xonasidagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, jabrlangan xotin-qizlar va ularning farzandlarini reabilitatsiyadan keyin ham muntazam qöllab-quvvatlaş hamda takroriy zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça tizimli işlarni taşkil etiş zarurligi yuzasidan tegişli körsatmalar berildi.
Zöravonlikning oldini oliş bu faqat bir oilani emas, balki butun jamiyatni himoya qiliş demakdir. Har bir ayolning xavfsizligi, har bir bolaning baxtli bolaligi va har bir oilaning osoyiştaligi yölidagi saʼy-harakatlar esa inson qadri ustuvor bölgan yangi jamiyatni barpo etişning muhim mezonidir.
Elbek Ikromov,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi
Ijtimoiy inspeksiyaning Navoiy viloyat boşqarmasi boş mutaxassisi.
ÖzA