Namanganda maxsus texnikalarning kuz-qiş mavsumiga şayligi közdan keçirildi
Namangan viloyatida kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş, kommunal tizimlardagi ehtimoliy nosozliklarni tezkor bartaraf etiş hamda yonğin xavfsizligini taʼminlaş maqsadida maxsus texnika va transport vositalarining saf körigi ötkazildi.
Viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov boşçiligidagi işçi guruh Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, gaz, elektr va suv taʼminoti korxonalari hamda Namangan şahar obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufidagi texnikalarning mavsumga tayyorgarlik holatini közdan keçirdi.
Körikda texnikalarning sozligi, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlaniş imkoniyatlari va zarur anjomlar bilan taʼminlangani örganildi. Masʼullarga kommunal soha xodimlarini qişki maxsus kiyim-boş bilan taʼminlaş, texnikalarni şay holatga keltiriş hamda aniqlangan kamçiliklarni qisqa muddatda bartaraf etiş yuzasidan topşiriqlar berildi.
Tadbirda tuman hokimliklari va tegişli taşkilotlar vakillari videokonferensaloqa orqali iştirok etdi.
[gallery-32545]
Viloyat hokimi belgilangan vazifalar ijrosini barça şahar va tumanlarda taʼminlaş zarurligini taʼkidladi. Aholiga kommunal xizmatlarni uzluksiz yetkazib beriş, murojaatlarga tezkor munosabat bildiriş va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş böyiça masʼullarning vazifalari belgilab berildi.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA