Xotin-qizlar manfaatlari va ijtimoiy faolligi — eʼtiborda
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka barham beriş xalqaro kuni munosabati bilan kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar iştirokida seminar va sayyor qabul taşkil etildi.
Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boşqarmalari, şuningdek, ularning tuman va şahar filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar iştirok etdi.
Seminarda xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va ijtimoiy faolligini oşiriş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan qöllab-quvvatlaş hamda kasbiy faoliyatda xizmat madaniyatini yuksaltiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Soha mutaxassislari, içki işlar organlari xodimlari va psixologlar tomonidan soğlom turmuş tarzini şakllantiriş, maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni boyitiş, internet imkoniyatlaridan oqilona va samarali foydalaniş mavzularida maʼruzalar qilindi. Iştirokçilarga uşbu yönalişlarda zarur tuşunçalar berildi.
Tadbir doirasida xotin-qizlarning kasbiy bilim va salohiyatini namoyon etişi uçun ham keng imkoniyat yaratildi. Sohaga oid viktorinalar, savol-javoblar va bilimlar bellaşuvi ötkazilib, iştirokçilar özaro tajriba almaşdi, öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi.
Şuningdek, kadastr tizimi rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan, kasbiy mahorati va jamoat işlaridagi taşabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh xotin-qizlarning mehnati eʼtirof etildi.
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boşqarmalari hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bölinmasi rahbarlari tomonidan faol xodimalarga taşakkurnoma va esdalik sovğalari topşirildi.
[gallery-32669]
Mazkur tadbir xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy salohiyati va ijtimoiy faolligini oşiriş, mehnat jamoalarida soğlom maʼnaviy-psixologik muhitni mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatli böldi.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA