Navoiyda ijtimoiy xizmat xodimlari kasbiy tayyorgarlikdan ötmoqda
Mamlakatimizda özgalar parvarişiga muhtoj, jumladan, yolğiz va yolğiz yaşovçi keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularning munosib turmuş keçirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada uyda ijtimoiy-maişiy yordam körsatuvçi xodimlarning mehnati muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur xodimlar ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolarning xonadonlariga muntazam borib, ularning kundalik yumuşlariga yordamlaşiş, oziq-ovqat va boşqa zarur mahsulotlarni yetkazib beriş, holidan xabar oliş kabi xizmatlarni amalga oşiradi.
Tabiiyki, bunday vazifalarni sifatli bajariş xodimlardan nafaqat mehr-oqibat va eʼtibor, balki yetarli kasbiy bilim hamda amaliy könikmalarni ham talab etadi. Şu maqsadda uyda ijtimoiy-maişiy yordam körsatuvçi mutaxassislarni maxsus öquv dasturi asosida tayyorlaş işlari yölga qöyilmoqda.
Xususan, Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida 10 nafar xodim Viloyat örta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini kasbiy rivojlantiriş institutida «Parvarişlaş xizmatlarini körsatuvçi xodim» kasbi böyiça tahsil olmoqda.
Öquv maşğulotlari davomida tinglovçilarga keksalar va nogironligi bölgan şaxslar bilan töğri muloqot örnatiş, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etişda kömaklaşiş, ularning xavfsiz harakatlanişi, ovqatlanişi va kundalik ehtiyojlarini qondirişiga yordam beriş kabi zarur könikmalar örgatilyapti. Şuningdek, uy şaroitida xavfsiz muhit yaratiş hamda favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş masalalariga ham eʼtibor qaratilgan.
[gallery-32651]
Dastur doirasida inson qadr-qimmati, huquqlari va şaxsiy daxlsizligini hurmat qiliş, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarning holatini kuzatib boriş, zöravonlik va eʼtiborsizlik alomatlarini aniqlaş, zarur hollarda tegişli mutaxassislarga xabar beriş tartibi ham örgatilmoqda.
Muhimi, maşğulotlar jarayonida nazariy bilimlar amaliy könikmalar bilan mustahkamlanib, tinglovçilarning kundalik faoliyatida yuzaga kelişi mumkin bölgan turli vaziyatlarga töğri yondaşiş malakasini şakllantirişga ahamiyat berilmoqda.
Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad yolğiz va yolğiz yaşovçi keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslarga uy şaroitida körsatilayotgan ijtimoiy-maişiy xizmatlar sifatini oşiriş, ularning xavfsizligi, mustaqil hayot keçiriş imkoniyatlari va turmuş şaroitlarini yaxşilaşdan iborat. Şu bilan birga, bu yönalişda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirişga ham xizmat qiladi.
Siroj ASLONOV (surat+video), ÖzA