Xorijiy investitsiya va ilğor tajriba
Energetika infratuzilmasining barqarorligi va samaradorligi har qanday hududning iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmuş farovonligi hamda işlab çiqariş salohiyatini belgilaydigan muhim omillardan biridir. Şu bois mamlakatimizda elektr energetikasi tizimini modernizatsiya qiliş, tarmoqlarga xususiy investitsiyalarni keng jalb etiş, zamonaviy texnologiyalar va ilğor boşqaruv usullarini joriy qilişga strategik vazifa sifatida qaralmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan energetika sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar ham aynan şu maqsadga — işonçli, tejamkor va zamonaviy energetika tizimini şakllantirişga qaratilgan. Ayniqsa, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlaridan samarali foydalaniş va xorijiy kompaniyalarning ilğor tajribasini milliy iqtisodiyotga olib kiriş bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro viloyatida ham uşbu yönalişdagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Viloyat hokimi Botir Zaripovning Turkiyaning “Eksim Holding” kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Ebubekir Tivnikli boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi ham ana şu maqsadlarga xizmat qiladigan istiqbolli hamkorlik yönalişlarini muhokama qilişga qaratildi.
Muloqotda kompaniya vakillari öz faoliyati, amalga oşirayotgan loyihalari, elektr energetikasi sohasida töplagan tajribasi va investitsiyaviy imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi.
Uçraşuvda kompaniya vakillari Buxoro viloyatida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, zamonaviy texnologiyalar asosida yangilaş va xususiy boşqaruvga ötkaziş orqali sohaga investitsiyalar jalb etişdan manfaatdor ekanliklarini bildirişdi.

Bu taklifning ahamiyati şundaki, energetikada faqat yangi quvvatlarni işga tuşiriş emas, balki mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxşilaş, elektr energiyasi yöqotişlarini kamaytiriş va isteʼmolçilarga sifatli xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş ham dolzarb vazifadir. Zero, işlab çiqarilgan elektr energiyasini isteʼmolçiga uzluksiz va ortiqça yöqotişlarsiz yetkazib beriş tizimning eng muhim samaradorlik körsatkiçlaridan biri hisoblanadi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov hududning energetika sohasidagi salohiyati, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi. Şuningdek, “yaşil” energetika uluşini oşiriş, energiya saqlaş tizimlarini keng joriy etiş, zamonaviy akkumulyator qurilmalari sonini köpaytiriş va uşbu yönalişlarda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi.
Buxoroning quyoş energiyasi salohiyati yuqoriligi, sanoat va xizmat körsatiş tarmoqlarining jadal rivojlanayotgani energetika infratuzilmasiga bölgan talabni ham oşirmoqda. Şu nuqtai nazardan, taqsimlaş tarmoqlarini yangilaş va energiyani saqlaş texnologiyalarini joriy etiş nafaqat bugungi ehtiyojni qondiriş, balki hududning kelgusi taraqqiyoti uçun mustahkam energetik zamin yaratişga xizmat qiladi.
“Eksim Holding” tarkibidagi “Dicle Elektrik” kompaniyasining tajribasi bu borada alohida eʼtiborga molik. Mazkur kompaniya 2013-yilda xususiylaştiriş jarayonida xarid qilingan bölib, Turkiyaning janubi-şarqidagi oltita viloyatda elektr energiyasini taqsimlaş xizmatlarini körsatadi. Ayni paytda 2,5 milliondan ortiq abonentga xizmat körsatmoqda.
Kompaniya elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qilişga qariyb 45 milliard turk lirasi miqdorida investitsiya kiritgan. Buning natijasida elektr energiyasi yöqotişlari va noqonuniy isteʼmol darajasi 2013-yildagi 76 foizdan 2024-yilda 42 foizgaça kamaytirilgan.

Bu raqamlar tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, zamonaviy hisobga oliş texnologiyalarini joriy etiş va samarali boşqaruv orqali sohada sezilarli natijalarga erişiş mumkinligini körsatadi.
Şuningdek, “Eksim Enerji” kompaniyasi şamol, quyoş va gidroenergetika yönalişlarida faoliyat yuritadi. 2025-yil yakuniga köra, kompaniyaning uşbu sohalardagi umumiy örnatilgan quvvati qariyb 1,2 gigavattni taşkil etgan.
Uçraşuv davomida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, xususiy sektor investitsiyalarini jalb etiş, sohada ilğor boşqaruv tajribasini joriy qiliş va özaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Eng muhimi, bunday hamkorlik taşabbuslari energetika sohasiga şunçaki investitsiya kiritiş bilan çeklanmaydi. Ularning amaliy natijasi tarmoqlar işonçliligini oşiriş, elektr taʼminotidagi uzilişlarni kamaytiriş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va aholi hamda tadbirkorlik subʼektlari uçun qulay şaroit yaratişda namoyon böladi.
Tomonlar Buxoro viloyati energetika infratuzilmasini rivojlantiriş, uning işonçliligi va samaradorligini oşirişga qaratilgan investitsiyaviy hamkorlik imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Mazkur uçraşuv hududda energetika sohasini modernizatsiya qilişda xalqaro tajriba va xususiy investitsiyalardan foydalaniş, Buxoroning iqtisodiy salohiyatiga mos zamonaviy infratuzilmani şakllantiriş yölidagi muhim muloqotlardan biri böldi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri