Navoiy şahrida yirik investitsiya loyihasi amalga oşiriladi
Navoiy şahar hokimi Bobir Islomov Xitoyning “ HENAN YIQUN ENVIRONMENTAL PROTECTION TEÇNOLOGY” LLC kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi.
Şahar hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilişiça, uçraşuv davomida kompaniya tomonidan Navoiy şahrida amalga oşirilişi rejalaştirilgan flokulyantlar işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi, uning istiqbollari va amalga oşiriş bosqiçlari maʼlumot berilgan.

Uçraşuvda loyihani samarali amalga oşiriş, uni belgilangan muddatlarda işga tuşiriş, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalaniş hamda hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar örtasida imzolangan memorandumga muvofiq, mazkur loyihani uç yil muddatda amalga oşiriş belgilangan. Loyiha doirasida 80 ta yangi iş örni yaratiş közda tutilgan.

Qiymati 100 million AQŞ dollariga teng bölgan mazkur investitsiya loyihasi sanoat salohiyatini yanada oşiriş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş hamda import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri