Xorijdagi gulistonliklar bilan onlayn muloqot ötkazildi
Xorijda taʼlim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoşlar bilan muntazam aloqani yölga qöyiş, ularni qiynayotgan muammolarni örganiş hamda taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan navbatdagi onlayn muloqot taşkil etildi.
Guliston tumani hokimi Olimjon Jörayev taşabbusi bilan har oy anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan mazkur uçraşuv bu gal ham oçiq va samimiy muloqot ruhida keçdi.
Zoom platformasi orqali taşkil etilgan uçraşuvda tuman hokimi, masʼul taşkilotlar rahbarlari, mahallalardagi yoşlar yetakçilari hamda dunyoning turli mamlakatlarida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan 30 nafardan ziyod gulistonlik fuqaro iştirok etdi.

Muloqot davomida vatandoşlarning xorijdagi taʼlim oliş va işlaş şaroitlari, duç kelayotgan qiyinçiliklari, huquqiy va ijtimoiy himoyasi bilan boğliq masalalar atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, ular tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, yangi loyihalarni amalga oşiriş va mahallalar hayotini yanada yaxşilaşga qaratilgan taklif hamda taşabbuslar ilgari surildi.

Tuman hokimi bildirilgan fikr va takliflarning har biriga eʼtibor qaratib, vatandoşlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş, ularning bilim va tajribasidan hudud rivoji yölida samarali foydalaniş muhimligini taʼkidladi.
Uçraşuv yakunida barça murojaatlar alohida nazoratga olinib, ularni hal etiş yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topşiriqlar berildi va ijro muddatlari belgilandi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri